Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yagona milliy baholash standarti yangilanadi
Yagona milliy baholash standarti - baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini hamda baholash tartibi va baholash ekspertizasiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining «O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyruq loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini (keyingi o‘rinlarda – YaMBS) tasdiqlash nazarda tutilmoqda.
YaMBS baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini hamda baholash tartibi va baholash ekspertizasiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
YaMBS amaldagi tahrirdagi standartdan farqli ravishda:
- xalqaro baholash standartlari normalariga muvofiqlashtirilgan;
- tizimlashtirilgan;
- baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha standartni aks ettirgan;
- baholash to‘g‘risidagi hisobotlardan foydalanish muddatini belgilaydi;
- transport vositalari qiymatini baholash bo‘yicha alohida standartni aks ettirgan;
- qurilish, rekonstruksiya yoki ta’mirlash jarayonida (development) bo‘lgan binolarning qiymatini baholash standartini aks ettirgan;
- nomoliyaviy majburiyatlarni (kafolatlar, qoplamalar, majburiyatlar va h.k.) qiymatini baholash tartibini aks ettirgan;
- davlat tili va rus tillarida ishlab chiqilgan.
Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.