O‘zbekiston | 07:32 / 14.09.2023
2363
1 daqiqa o‘qiladi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 100 foiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi ham barpo etiladi.

Foto: Sputnik / Vitaliy Ankov

2023-2030 yillarda bolalarni maktabgacha ta’lim va tayyorlov guruhlari bilan qamrab olish darajasi 100 foizga yetkaziladi. Buning uchun 2 mingta yangi bog‘cha bunyod etiladi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlari 100 foiz toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlanadi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi amalga oshiriladi. 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab har yili 500 ming yangi quvvatlar tashkil etilib, o‘quv o‘rinlari soni 7,5 millionga yetkaziladi.

Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi kamida 50 foizga yetkazilib, davlat granti asosidagi qabul parametrlari 2 barobarga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid