O‘zbekiston | 11:38 / 14.09.2023
17144
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Dushanbega yetib bordi

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonga bordi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan Dushanbe shahriga keldi.

Aeroportda davlat rahbarini Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun O‘zbekiston yetakchisi Tojikiston prezidenti bilan muzokara o‘tkazadi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid