O‘zbekiston | 09:31 / 16.09.2023
4129
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxt tumanlarida gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.

Foto: AFP

Toshkent shahrining Yashnobod, Yakkasaroy, Uchtepa va Olmazor tumanlarining ba’zi mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi.

Olmazor tumanida 16 sentabr kuni 11:00 dan 17:00 gacha:

— Chilto‘g‘on mahallasida qisman;
— 1 ta ulgurji iste’molchi;

Yashnobod tumanida 18 sentabr kuni 10:00 dan 18:00 gacha:

— Quruvchilar mahallasida;
— Inoqobod mahallasining Shavkat, Chashma, Charos, Saodat ko‘chalarida;
— ulgurji iste’molchilar – 15 ta;

Uchtepa tumanida 11:00 dan 16:00 gacha:

— Foziltepa mahallasida;
— ulgurji iste’molchilar 8 ta.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid