O‘zbekiston | 08:52 / 17.09.2023
17515
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

CAEx Uzbekistan ko‘rgazma markazi ochildi

15 sentabr kuni yangi Central Asian Expo Uzbekistan ko‘rgazma majmuasining rasman ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

CAEx Uzbekistan ko‘rgazma markazi to‘g‘risida

Central Asian Expo (CAEx) – yangi va o‘ta zamonaviy inshoot, betakror ko‘p funksiyali ko‘rgazma paviloniga ega biznes-maydonni o‘zida uyg‘unlashtirgan bo‘lib, u har qanday format va murakkablikdagi loyihalar uchun moslashtirilishi mumkin.

CAEx — biznesga yangi nazar, yangi g‘oyalar va mahoratga ega insonlarni jalb qilish markazi. Bu mahsulot, biznes madaniyati va bevosita O‘zbekiston evolyutsiyasi ro‘y beradigan maskan. Yangi me’morchilik, yangi imkoniyat, lekin mamlakat tarixiga ehtirom saqlangan holda yaratilgan.

Brendning missiyasi

O‘zbekiston yangilanishining tom ma’nodagi timsoli bo‘lish.

Bu:

1. O‘zbekistonda biznes-iqlim rivojlanishiga hissa qo‘shishni

2. Qulay biznes-muhitni shakllantirish va mamlakat madaniyat biznes-madaniyatini takomillashtirishni

3. Raqobat muhiti rivojlanishiga qulay sharoit yaratishni ko‘zda tutadi.

CAEx Uzbekistan Osiyo dunyosi, uning madaniy merosi va yangi imkoniyatlari olamiga chinakam ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. Mintaqaning qoq yuragida joylashgan CAEx Osiyoning yangi qirralarini ochib, uning salohiyati, betakrorlik va integratsiyaga qobiliyatini namoyon qiladi.

Xalqaro kompaniya vakili Mario Pin’yero yangi majmuaning xalqaro darajadagi tadbirlarga mo‘ljallangani haqida gapirib berdi:

«Hozirgi kunning eng zamonaviy va yangi maskanining ochilish marosimida ekanimdan mamnunman. Marosimda 300dan ziyod xorijlik mehmon: 60dan ziyod Yevropa, Janubiy Amerika Osiyo davlatlaridan tashrif buyurgan va bu yangi obektda hamma narsa qiziqarli – Markaziy Osiyo geografik jihatdan yaxshi joylashuv pozitsiyasiga ega.

Aytishim kerakki, bu obekt turli xalqaro tadbirlarni o‘tkazish uchun barpo etildi, unda faqatgina milliy emas, balki xalqaro darajadagi tadbirlar – konferensiya, ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.

Majmua 18000 metr kvadrat kattalikda. Unda majlis xonalari, ikkinchi qavatda konferensiya zali, ovqatlanish maydoni bor.

Bozorda mavjud barcha infratuzilma va texnologiyalar endi Central Asian Expo Uzbekistan’da», — dedi u.

Loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida, tashrif buyuruvchilar va eksponentlar qulay muhitni yaratishga qaratilgan ko‘rgazma sanoatining ilg‘or amaliyoti joriy etilgan. CAEx ko‘rgazma maydonining umumiy ko‘lami 23 000 m², unda 700 dan ortiq avtomobil sig‘imiga ega turargoh ham mavjud. 18 000 m² maydonga ega pavilon har qanday format va murakkablik darajasidagi loyihalar uchun moslashtirilishi mumkin. U yirik mahalliy va xalqaro tadbirlar, kongresslar, tantanalar, sport musobaqalari, forum va festivallarni o‘tkazish uchun a’lo darajada mos keladi.

CAEx’ning texnik tavsiflari

CAEx 6x6 o‘lchamdagi 4 ta texnik darvoza bilan jihozlangan, sun’iy yoritish 1 kvadrat metrga 500 lyuksni tashkil qiladi, shiftlarning balandligi fermagacha 11 metr. Pavilonning poli bir kvadrat metrga 3 tonna og‘irlikni ko‘tara oladi. Shuningdek, ko‘rgazma markazining ikkinchi qavatida 8 ta muzokaralar xonasi, 1 ta konferenszal, 7 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi joylashgan fud-kort mavjud. Shuningdek, majmua unda 150 ta ish o‘rni yaratilgani bilan muhim. Bundan tashqari, ko‘rgazma markazi konditsionerlar, audio-video uskunalar, liftlar, harakati cheklangan fuqarolar uchun imkoniyatlar, yuqori kuchlanishli elektr quvvatiga, suv va siqilgan havo manbalariga ulanish nuqtalari, Wi-Fi hamda qo‘riqlash xizmati bilan to‘liq ta’minlangan.

CAEx 2024 yil uchun tadbirlar jadvalini ishlab chiqishni rejalashtirgan va u o‘z ichiga iqtisodiyotning turli sohalarida 10 dan ortiq turdagi ko‘rgazmalarni olishi ko‘zda tutilgan. Birinchi ko‘rgazma-yarmarkasi CAEx Mebel & Decor 2023 2023 yilning 22-24 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Veb-sayt: https://caex-uzbekistan.com

Instagram: https://www.instagram.com/caex_uzbekistan/

Telegram: https://t.me/caexuzbekistan

Aloqa markazi: 71 113 3333

Reklama huquqi asosida