Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNH O‘zbekistonda sanoat korxonalarini xususiylashtirishda ishtirok etadi
O‘zbekiston prezidenti qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda CNH kompaniyasi vitse-prezidenti Stiv Naderni bilan uchrashdi.

Aktivlari qiymati qariyb 50 milliard dollar bo‘lgan CNH transmilliy kompaniyasi qishloq xo‘jaligi mashinasozligida O‘zbekistonning strategik hamkoridir. Mashhur Case va New Holland brendlari ostida yo‘l qurish va qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaradi.
Vitse-prezident Stiv Naderni kompaniyaning tarmoqdagi bir qator sanoat korxonalarini xususiylashtirish va modernizatsiya qilish, kombayn va paxta yig‘ish mashinalarini ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, shu jumladan yuqori quvvatli traktorlar ishlab chiqarish hamda lizing tuzilmalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy resurslar ajratish rejalarini bayon qildi.
Prezident kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish borasidagi rejalarini qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025