Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etiladi
O‘zbekiston prezidenti kadrlar tayyorlash sohasida sheriklik istiqbollarini muhokama qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga amaliy tashrifi doirasida Cintana kompaniyasi rahbari Duglas Bekker bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu kompaniya Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning 30 mamlakatida faoliyat yuritadi, universitetlarda ta’lim sifatini oshirish bilan shug‘ullanadi.
Cintana asoschisi va raisi Duglas Bekker Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda mamlakatda Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish ustida ish olib bormoqda.
2024 yildan boshlab sog‘liqni saqlash, injiniring, arxitektura va dizayn kabi yo‘nalishlarda malakali kadrlar tayyorlashni boshlash ko‘zda tutilgan.
Davlat rahbari ushbu rejalarni ma’qullab, O‘zbekiston ta’lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025