“Toshkent shahrida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda” – poytaxt IIBB
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar sudi binosiga bomba qo‘yib ketilgani haqidagi xabar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holatga izoh berib, ayrim sud binolarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilayotganini, xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar sudi binosiga bomba qo‘yib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. E’lon qilingan videolavhada sud binosi oldida FVV xodimlari yurganini ko‘rish mumkin.
Toshkent shahar IIBB holatga izoh berdi. Ma’lum qilinishicha, poytaxtda joylashgan ayrim sud binolarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgan.
“Toshkent shahar sudi, IIBB, Milliy Gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari shahrimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek strategik obektlarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida rejali ravishda amalga oshirilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni hamda vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Barcha harakatlar shahrimizning tinchlik va osoyishtaligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda”, deyiladi poytaxt IIBB xabarida.
Mavzuga oid
14:14 / 24.10.2024
Poytaxt drenaj tizimini yaxshilash uchun 6 mlrd so‘m ajratildi
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
07:29 / 08.07.2024
Toshkent shahri YHXBning Yunusoboddagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi vaqtincha yopiladi
10:48 / 06.07.2024