Toşkent şahrida öquvçiga nisbatan kuç işlatgani ortidan jinoyat işi qözğatilgan öqituvçiga oid tergov harakatlari tugatildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohruh Ğiyosov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinişiça, voqea 19 may kuni Mirzo Uluğbek tumanidagi 275-maktabda sodir bölgan. Dars jarayonida informatika fani öqituvçisi va 9-sinf öquvçisi örtasida janjal kelib çiqqan. IIV axborotiga köra, öquvçi dars intizomiga rioya qilmagan va öqituvçining talablarini bajarmagan. Şundan keyin ikki tomon örtasida janjal yuzaga kelgan.
Oradan köp ötmay, holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bölgan edi.
25 may kuni esa mazkur holat böyiça öqituvçiga nisbatan oçilgan jinoyat işi tugatilgani ma’lum qilindi. Içki işlar vazirligi yaqin vaqt içida bu borada qöşimça rasmiy ma’lumot berilişini bildirgan.











