Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yangi pulli magistral yo‘l qurilishi mumkin
Toshkent shahrida yirik transport infratuzilmasi loyihalarini amalga oshirish, jumladan, yangi pulli avtomobil yo‘llarini qurish masalasi muhokama qilindi.
Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilgan rasmiy tashrif doirasida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov boshchiligidagi delegatsiya China Railway Construction Corporation kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar poytaxt transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qator istiqbolli loyihalarni ko‘rib chiqdi. Xususan, uzunligi qariyb 100 kilometr bo‘lgan halqa pulli yo‘lini qurish, shuningdek, kelgusida barpo etilishi rejalashtirilayotgan yangi xalqaro aeroport tomon shahar markazi orqali o‘tuvchi yangi pulli magistral qurilishi muhokama qilindi.
Shu bilan birga, uchrashuvda Toshkent shahrini kompleks renovatsiya qilish, shahar infratuzilmasini modernizatsiyalash, chiqindilarni qayta ishlash poligoni qurish hamda ijtimoiy obektlar barpo etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
08:58
Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
08:35 / 15.06.2026
Toshkentda renovatsiyaning birinchi bosqichi boshlandi
11:09 / 13.06.2026