Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada «raketa zarbalaridan himoyalangan» birinchi yer osti maktabi quriladi
Bu Rossiyaning raketa zarbalari davom etayotgan pallada ham ta’lim jarayonini davom ettirish imkonini beradi.
Ukrainaning Xarkiv shahri ma’muriyati yer osti maktabini qurmoqchi. Bu haqda shahar rahbari Igor Terexov ma’lum qildi.
«Biz Ukrainada himoya inshootlarining eng zamonaviy talablariga javob beruvchi birinchi yer osti maktabini qurishni rejalashtirmoqdamiz. Bunday boshpana minglab xarkivlik bolalarga raketa tahdidi paytida ham xavfsiz ta’lim olishda davom etish imkonini beradi», deb yozdi Terexov ijtimoiy tarmoqda.
Shahar rahbari Xarkiv hukumati ta’limga sarmoya kiritishda davom etishini va «budjet mablag‘lari yetishmasligiga qaramay» 2023-2024 yillarda bu sohaga xarajatlarni kamaytirmasligini ta’kidladi.
2023 yil sentabr oyida Xarkiv shahrida Rossiya qo‘shinlarining raketa zarbalari davom etayotgan pallada 5 ta metro bekati 19-maktab o‘quvchilari uchun sinf xonalariga aylantirildi. Xarkiv meri Igor Terexov «bu vaqtinchalik chora», dedi.
Shu bilan birga, shahar ma’muriyati 450 nafar bola o‘qishi mumkin bo‘lgan «maktab bomba boshpanasi» qurilishini ham e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026