DXX Andijon va Qoraqalpog‘istonda yer maydonlarini noqonuniy sotayotganlarni qo‘lga oldi
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Andijon viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Shahrixon tumanida yashovchi shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, kadastr tizimidagi tanishlari orqali 8 sotix noturar yer maydonini turar joy toifasiga o‘zgartirib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 28 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari boshqa bir fermer xo‘jalik balansida bo‘lgan 50 sotix yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, uni xaridorga 117 500 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, davlat zaxirasida bo‘lgan 25 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 85 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:55 / 15.11.2024
DXX raisi O‘zbekistondagi muhim axborot infratuzilmalarini toifalashga doir buyruq chiqardi
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
16:46 / 09.11.2024
Uchta viloyat va Toshkent shahrida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
11:09 / 08.11.2024