Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda baliq ovlagani borgan fuqaro cho‘kib ketdi
Marhumning jasadi suv havzasidan uch kundan so‘ng topilgan
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida suv havzasiiga baliq ushlash uchun borgan fuqaro cho‘kib ketgan. Hodisa 7 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 7 oktyabr kuni Koson tumanida yashovchi fuqaro Z.T. sherigi O.T. bilan birga Mirishkor tumani Pomuq qishlog‘ida joylashgan Sechanko‘l sun’iy suv havzasiga baliq ovlash uchun borgan va ehtiyotsizlik oqibatida suvga cho‘kib ketib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Oradan uch kun o‘tib, 10 oktyabr kuni viloyat FVB tezkor xodimlari tomonidan fuqaroning jasadi Sechanko‘l sun’iy suv havzasidan topilgan. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:10 / 01.10.2025
Bir oyda tabiatga 46,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
12:45 / 20.09.2025
Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga qariyb 700 mln so‘m zarar yetdi
18:02 / 18.07.2025
Qashqadaryoda haydovchi odamlarni sudrab ketdi
13:44 / 27.06.2025