Sirdaryo daryosining Guliston tumani «Terakzor» MFY hududidan oqib ötuvçi qismida ötkazilgan reyd davomida fuqarolar I.D., B.Y. va I.D, tomonidan noqonuniy ov quroli, ya’ni elektr qarmoq hamda rezina qayiq yordamida turli xildagi 36 ta baliq, jumladan, 1 dona Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan «Turkiston möylovdori» ovlangani ma’lum böldi.

Huquqbuzarlik natijasida «Ov qiliş va ovçilik xöjaligi töğrisida», «Hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida» hamda «Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida»gi qonunlar buzilgan. Natijada hayvonot dunyosiga 694 million 220 ming söm zarar yetkazilgan.

Reyd davomida tegişli tartibda dalolatnoma rasmiylaştirilib, noqonuniy ovlangan 36 dona baliq, 1 dona elektr qarmoq, 1 dona rezina qayiq, 2 dona akkumulyator, 1 juft eşkak, 1 dona tutgiç va 1 dona tungi yoritiş moslamasi holatga huquqiy baho berilgunga qadar vaqtinça saqlaş uçun olib qöyildi.

Iş yuzasidan hujjatlar holatga huquqiy baho beriş va çora köriş maqsadida Sirdaryo viloyat prokuraturasiga yuborildi.