O‘zbekiston | 18:15 / 20.10.2023
11036
2 daqiqa o‘qiladi

Mulk va yer solig‘i bo‘yicha eng ko‘p qarzdorlar ma’lum qilindi

17 oktyabr holatiga 181,7 mingta tashkilotning 817,7 ming nafardan ziyod xodimida 563,1 mlrd so‘m soliq qarzdorligi mavjud. Eng ko‘p qarzdorlik «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ xodimlarida ekani aytilmoqda.

Foto: AP

Korxona va tashkilotlar xodimlarida mulk va yer solig‘i bo‘yicha 563 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining «Fiskal tahlillar» kanali ma’lumot berdi.

Qayd qilinishicha, 2023 yil 17 oktyabr holatiga 181,7 mingta tashkilotning 817,7 ming nafardan ziyod xodimida 960,4 mingta soliq obekti bo‘yicha 563,1 mlrd so‘m (mulk solig‘i bo‘yicha 209,1 mlrd so‘m va yer solig‘i bo‘yicha 354 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.

Shundan 133,2 mlrd so‘m budjet tashkilotlari xodimlari, 24,8 mlrd so‘m nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari, 405,1 mlrd so‘m tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Xodimlarida soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan tashkilotlar:

- «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ - 3,4 mlrd so‘m;

- «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ - 3 mlrd so‘m;

- «Hududgazta’minot» AJ - 2,8 mlrd so‘m.

Ta’kidlanishicha, jismoniy shaxslar tomonidan mulk va yer solig‘i 15 aprel va 15 oktyabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi lozim.

Mavzuga oid