Xususan, uşbu davr mobaynida pillaçilik klasterlarining pilla yetiştiriş va saqlaş uçun foydalaniladigan bino va inşootlari mol-mulk soliğidan, şuningdek ular egallagan yer uçastkalari yer soliğidan ozod qilinadi.

Şuningdek, ipakçilik faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari böyiça jami daromadining kamida 70 foizini taşkil etgan ipakçilik korxonalari uçun foyda soliği 2 foiz miqdorida belgilanadi.

Bundan taşqari, ipak mato va ipakdan tayyor mahsulotlar işlab çiqarişni yölga qöygan korxonalar uçun ijtimoiy soliq 1 foiz stavkada belgilanişi nazarda tutilgan.

Qarorga köra, 2026 yil 1 yanvardan 2029 yil 1 yanvarga qadar ipak qurti uruğlarini tayyorlaş va qurtxonalarda pilla yetiştiriş böyiça mavsumiy işlarga jalb qilingan aholining uşbu faoliyatdan olgan daromadi daromad soliği va ijtimoiy soliqning soliqqa tortiş obekti sifatida hisoblanmaydi.