O‘zbekiston | 09:58 / 28.10.2023
4720
1 daqiqa o‘qiladi

Soliq qo‘mitasi korrupsiya holatlari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda

Soliq qo‘mitasi korrupsiya holatlari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazishni boshladi. Bu haqda qo‘mita xabarida aytilgan.

“Soliq organlari xodimlari o‘rtasida o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlari qanchalik tez-tez uchrab turishi va bunga nima sabab bo‘layotganini bilish biz uchun muhim”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu korrupsiyani bartaraf etish uchun yana qanday choralar ko‘rish kerakligini aniqlashga yordam beradi.

So‘rovnomada ushbu havola bo‘yicha anonim ishtirok etish mumkin.

Mavzuga oid