O‘zbekiston | 10:49 / 02.11.2023
10217
1 daqiqa o‘qiladi
Avaz Marahimov Nurafshon davlat universiteti rektori etib tayinlandi
O‘zbekiston Milliy universiteti va Termiz davlat universitetining sobiq rektori yangi tashkil etilgan universitetni boshqaradigan bo‘ldi.
Avaz Marahimov 2010—2011 yillarda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligiga rahbarlik qilgan, undan avval esa oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari sifatida mehnat qilgan.
U 2016-2020 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori bo‘lib ishlagan. 2021 yildan shu kunga qadar Termiz davlat universiteti rektori sifatida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Nurafshon davlat universiteti davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid
11:28 / 16.07.2024
Toshkent viloyatida 16 qavatli uy xonadonlaridan birida yong‘in yuz berdi
07:47 / 21.06.2024
Toshkent viloyatida 6 yoshli qizga uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan 60 yoshli shaxsga jinoyat ishi ochildi
09:36 / 10.05.2024
Nurafshonda Zulfiya Zokirova xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
17:22 / 13.06.2023