Toşkent viloyati Nurafşon şahri hududida joylaşgan bankomat qurilmasidan taşviş signali kelib tuşdi.

Toşkent viloyati IIBB Qöriqlaş boşqarmasiga Nurafşon şahar “Oppoq” MFY, Toşkent yöli köçasida joylaşgan bankomatdan taşviş xabari kelib tuşgan. Xabar navbatçilik qismi orqali tungi xizmatga biriktirilgan tezkor guruhga zudlik bilan yetkazilgan va xodimlar 4 daqiqa içida voqea joyiga yetib borgan.

Aniqlanişiça, bankomat içida bölgan noma’lum şaxs uşlangan. Tekşiruv davomida uning yonida bolğa, otvertka va boşqa xöjalik anjomlari borligi ma’lum bölgan. U bankomat eşigini buzib oçib, içidagi pul mablağlarini öğirlaşga uringan.

Körilgan tezkor çoralar natijasida Örta Çirçiq tumanida yaşovçi, 1994 yilda tuğilgan fuqaro (Y.A.) voqea joyida issiq izidan qölga olindi.

Holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.