O‘zbekiston | 17:05 / 13.11.2023
16084
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi

Yong‘in avtobus haydovchisi o‘rindig‘i orqasida joylashgan elektr simlarining birlashgan blok qismidagi qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan. 

Foto: Videodan kadr

Bugun, 13 noyabr kuni Toshkent shahridagi «Qipchoq» (Bekat-5) avtostansiyasi yaqinida soat 16:30 da «12-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi «Man» rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan.

«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, ushbu avtobus 2022 yil ishlab chiqarilgan bo‘lib, tasarruf boshidan buyon 97 500 km masofani bosib o‘tgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yong‘in avtobus haydovchisi o‘rindig‘i orqasida joylashgan elektr simlarining birlashgan blok qismidagi qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan. Avtobus kafolat muddatida tasarruf etilayotganini inobatga olib, yong‘inning aniq sababi avtobus ishlab chiqaruvchi zavod mutaxassislari bilan birgalikda aniqlanmoqda.

Yong‘in qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 16:36 da yetib borib, yong‘in bartaraf etilgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. Hozirda «Toshshahartransxizmat» Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan ham xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Mavzuga oid