Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden AQShning APEC doirasida aloqalarni mustahkamlash rejalarini e’lon qildi
Oq uyning ishi AQSh iqtisodiyotini Xitoydan uzoqlashtirishga emas, balki «xavfni kamaytirish va diversifikatsiya qilishga» qaratilgan, dedi Amerika rahbari APEC sammitida.
Foto: AP
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi AQSh iqtisodiyoti uchun muhim rol o‘ynaydi va Vashington bu aloqalarni yanada mustahkamlash niyatida. Bu AQSh prezidenti Jo Bayden 16 noyabr, payshanba kuni San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) forumida yirik kompaniyalar rahbarlari oldida ma’lum qildi.
Baydenning ta’kidlashicha, AQSh eksportining 60 foizi APEC'ga a’zo davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi va Amerika korxonalari bu mamlakatlardagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar uchun eng katta manba hisoblanadi. 2023 yilda AQShning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari iqtisodiyotiga, jumladan, «yashil» energiya ishlab chiqarish texnologiyalari, aviatsiya va kiberxavfsizlik kabi sohalarga kiritgan sarmoyalari qariyb 50 milliard dollarni tashkil etdi, deya ta’kidladi AP Amerika yetakchisining so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda.
AQShning Xitoy bilan iqtisodiy aloqalari
Amerika prezidenti AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirar ekan, ularning barqarorligi butun dunyo uchun muhim ekanini ta’kidladi. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, uning ma’muriyati faoliyati AQSh iqtisodiyotini Xitoydan uzoqlashtirishga emas, balki «xavfni kamaytirish va diversifikatsiya qilishga» qaratilgan. Bir kun avval, 15 noyabr kuni Jo Bayden sammitda Xitoy rahbari Si Jinping bilan uchrashgan edi.
16 noyabr kuni APEC yetakchilari bilan tushlik chog‘ida Bayden o‘z ma’muriyatining iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, iqtisodiy barqarorlik va Qo‘shma Shtatlardagi yashil energiya infratuzilmasini yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlari haqida ham gapirdi. APEC delegatsiyalari uchun kechki ovqatda u ishtirokchilarni «farovon va qadr-qimmatga ega kelajak» uchun «Tinch okeani kuchidan foydalanishga» chaqirdi.
Mavzuga oid
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
18:10 / 29.11.2025
Tramp Baydenning avtopero bilan imzolangan farmonlarini bekor qilishini aytdi
21:32 / 11.10.2025