Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat tashkilotlarida ommaviy umumrespublika diktanti tashkil etiladi
O‘zbekistonda Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish dasturi tasdiqlandi.
Prezident farmoyishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi tasdiqlandi.
Dasturga muvofiq, jumladan:
tuman va shahar markazlarida “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etiladi;
jurnalist va blogerlar o‘rtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovi o‘tkaziladi;
yangi tahrirdagi Konstitutsiya 3 ming nusxada brayl alifbosida nashr etiladi;
Konstitutsiyaning yaratilish tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi;
davlat tashkilotlarida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktanti tashkil etiladi;
maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya – kelajagim mash’ali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovi o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
13:36 / 01.12.2024
O‘zbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam oladi?
20:51 / 18.10.2024
AQShda kartotekadan topilgan Konstitutsiya nusxasi 9 mln dollarga sotildi
22:17 / 17.10.2024
Konstitutsiya kuni bayramini nishonlash bo‘yicha prezident farmoyishi imzolandi
21:12 / 27.05.2024