O‘zbekiston | 12:09 / 18.11.2023
15393
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlariga tashrif buyuradi

Sport va transport infratuzilmasi obektlarining qurilishi ko‘zdan kechiriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlariga tashrif buyuradi.

Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda aytilishicha, tashrif davomida sport va transport infratuzilmasi obektlarining qurilishi ko‘zdan kechiriladi.

Bundan tashqari, davlat rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid