Xarkiv atrofida qor, Peterburgda armiya uchun xayriya. Urush suratlari
Ukrainada urushning 636-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar
- Volodimir Zelenskiy Pentagon rahbari bilan muzokaralardan keyin Vashington Ukraina qurolli kuchlariga yangi harbiy yordam paketi ajratganini aytdi. Uning hajmi hozircha noma’lum.
- Ukraina va Rossiya jasadlar almashinuvini amalga oshirdi. Kiyevga 94 nafar harbiy xizmatchining jasadi qaytarilgan. Moskvaga qancha jasad yuborilgani — noma’lum.
- Germaniya Ukrainaga 1,3 milliard yevro miqdoridagi yangi harbiy yordam paketi ajratilganini e’lon qildi.
- Yaroslavlda to‘rt o‘smirning ritual marosimda o‘ldirilishida ayblanib qamalgan Nikolay Ogolobyak Ukraina bilan urushdagi ishtiroki uchun afv etilgani ma’lum bo‘ldi.
- «DXR»da sud ukrainalik harbiy Oleksandr Svinarchukni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Tergov versiyasiga ko‘ra, uning buyrug‘i bilan Mariupolda tinch aholi vakillari bo‘lgan 21 kishi o‘ldirilgan.
- ABC News xabariga ko‘ra, AQSh Ukrainaga yetkazib berilayotgan snaryadlar hajmini 30 foizdan ko‘proq miqdorda qisqartirgan.
Maydanning o‘n yilligida «Samoviy yuzlik» yodgorligi
2013 yil 21 noyabr kuni kiyevliklar shahar markaziga yig‘ilgandi, bunga Ukraina hukumati Yevroittifoq bilan assotsiatsiya bo‘lish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashga tayyorgarlikni to‘xtatishga qaror qilgani sabab bo‘lgandi. Bu qarorni Ukrainaning o‘sha vaqtdagi prezidenti Viktor Yanukovich qo‘llab-quvvatlaydi. Yevromaydan (Ukrainada buni «revolyutsіya gіdnostі», ya’ni «qadr-qimmat inqilobi») shunday boshlangandi.
YeI bilan assotsiatsiya tarafdorlari va unga qarshilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 104 namoyishchi va huquq-tartibot organlarining 17 xodimi halok bo‘ladi, Yanukovich Rossiyaga qochib ketadi, Ukrainada esa navbatdan tashqari saylovlar bo‘lib o‘tadi— va yevrointegratsiya tarafdorlari hokimiyatga kelishadi. Hokimiyat almashinuvidan bir necha hafta o‘tib Rossiya Qrimni anneksiya qiladi, keyin esa Donbassga bostirib kiradi.
Kiyevda 2023 yil 21 noyabr kuni Qadr-qimmat va erkinlik kuni nishonlandi. Prezident Volodimir Zelenskiy ukrainlarga shunday murojaat qildi:
O‘n yil muqaddam ukrainlar o‘zlarining ilk qarshi hujumini amalga oshirgandi. Qonunsizlikka, bizni Yevropa kelajagidan mahrum etishga urinishga qarshi. Erksizligimizga qarshi. O‘n yil oldin odamlar nafaqat biror narsaga qarshi, balki birinchi navbatda o‘zlari uchun birlashishdi. Har kim har kim uchun.
Donetsk oblastida Selidovo shahri o‘qqa tutilishi oqibatlari
21 noyabrga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar Donetsk oblastining Ukraina qurolli kuchlari nazorati ostida qolayotgan Selidovo shahriga to‘rtta raketa bilan zarba yo‘lladi. Selidovo oblast markazidan taxminan 40 kilometr masofada joylashgan. Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati (FVDX) ma’lumotiga ko‘ra, ikki raketa shifoxona hududiga urilgan, uning ikki binosi shikastlangan. Keyingi ikki raketa zarbasi shaxta bo‘ylab berilgan: 39 nafar konchi yer ostida qamalib qolgan (keyinroq qutqaruvchilar ularni yer yuzasiga chiqarishga muvaffaq bo‘lgan).
Hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan (ulardan biri — konchi, ikkinchi jasad shifoxona binosi xarobalari ostidan olib chiqilgan). Sakkiz kishi jarohat olgan.
Ukraina harbiylarining Xarkiv yaqinidagi pozitsiyalari
UQKning Xarkiv oblastidagi ta’mirlash sexi
Peterburgda RF armiyasi ehtiyojlari uchun mablag‘ yig‘ish haqidagi e’lon
Liman yaqinidagi rossiyalik artilleriyachilar
Mavzuga oid
21:11
Rossiya Kursk oblastiga hujum uchun 50 ming kishilik qo‘shin to‘pladi - NYT
21:05
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
19:02
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
13:30