O‘zbekiston | 10:45 / 24.11.2023
2772
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Beshyog‘och dahasi yonidagi chorrahada harakat qisman cheklanadi

Ishlar jarayonida yo‘lning bir tarafi yopilib, har ikki yo‘nalishga harakat yo‘lning ikkinchi tarafidan o‘tadi.

Yakkasaroy tumanida joylashgan Turob To‘la va Furqat ko‘chasining chorrahasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi

Shu sababli 24 noyabr soat 09:00 dan boshlab, ishlar jarayonida yo‘lning bir tarafi yopilib, har ikki yo‘nalishga harakat yo‘lning ikkinchi tarafidan o‘tadi.

Poytaxt hokimligi yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan va haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni iltimos qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid