Bektemir yöli va Katta halqa yöli köçalari kesişgan çorrahada yöl inşootini quriş işlari doirasida Katta halqa yölidagi ortga qayrilib oliş manzili köçirilgan.

Şu munosabat bilan uşbu manzil orqali harakatlanuvçi avtobus yönalişlari harakati quyidagiça taşkil etiladi:

93-, 117-, 128-, 130-sonli avtobus yönalişlari harakati Katta halqa yöli va Furqat köçalari kesişmasidan ortga qayrilib oliş orqali taşkil etiladi;
39-, 110-sonli avtobus yönalişlari harakati esa Katta halqa yöli – Furqat köçasi – Bektemir yöli orqali vaqtinçalik bir tomonlama özgartiriladi.

Quriliş işlari olib borilayotgani sababli, yönalişlardagi avtobuslar oraliq interval vaqti rejadagidan ortişi ehtimoli mavjud.

Şuningdek, köçalarda transport tirbandliklari ortişi va yöllardagi çeklovlar natijasida yönalişlar harakatiga qöşimça özgartirişlar kiritilişi mumkin.