Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metroning ikki bekatida ish tartibi qisqartiriladi
Toshkent metrosi “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishining Texnopark (Do‘stlik-2) va Yashnobod (2-bekat) bekatlari ish rejimi 25 noyabrdan soat 6:00 dan 22:00 gacha tashkil etiladi.
Metropoliten ma’muriyati xabariga ko‘ra, Toshkent metropoliteni “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishining II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarini ishga tushirish maqsadida yo‘nalishdagi boshqa mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash ishlarini tashkillashtirish rejalashtirilgan.
Shu sababli rejadagi ishlarni amalga oshirish uchun yuqoridagi ikki bekatda ish tartibi qisqaradi.
Tuzel (3-bekatidan) Quruvchilar (12-bekat) bekatigacha bo‘lgan bekatlar oralig‘ida ish rejimi o‘zgarmagan holda 05:00 dan 23:00 gacha tashkil etiladi.
Soat 05:00 dan 06:00 gacha va 22:00 dan 23:00 gacha Tuzel—Quruvchilar bekatlari oralig‘ida bir tomonlama poyezdlar harakati tashkil etiladi.
Mavzuga oid
23:05 / 14.03.2026
Toshkentda 460 ta bekat tadbirkorlarga ijaraga berildi – hokimiyat
19:41 / 12.03.2026
Do‘konli bekatlarning deyarli hammasida noqonuniy qurilish bor – YHTM
09:50 / 07.03.2026
Toshkentda 8 ta bekatni yangilash ishlari olib borilmoqda
11:47 / 04.03.2026