O‘zbekiston | 12:04 / 27.11.2023
59564
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda hafta o‘rtasidan havo harorati pasayishni boshlaydi

O‘zbekiston bo‘yicha 27-30 noyabr va 1 dekabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

27-28 noyabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va juda iliq bo‘lgan ob-havo saqlanib turadi, havo harorati +20...+25 darajagacha iliq bo‘ladi. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 28 noyabrda faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

29 noyabrda shimol-g‘arbiy hududlaridan nam havo oqimi kirib kelishi va respublika hududining katta qismida tarqalishi kutilmoqda. Respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol kuchayadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

30 noyabrda yomg‘ir faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘adi, boshqa hududlar uchun yog‘ingarchilik kutilmaydi.

1 dekabrda butun hudud bo‘ylab quruq ob-havo kuzatiladi.

29 noyabrdan havo harorati pasayishni boshlaydi va ish haftasining ikkinchi yarmida kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, respublika shimolida kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +5...+10 darajani tashkil etadi.

Poytaxtda bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +21...+24 daraja bo‘ladi.

29 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat +15...+17 daraja bo‘ladi.

30 noyabr va 1 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari +2...+7 darajagacha, kunduzi +10...+15 darajagacha pasayadi.

Mavzuga oid