O‘zbekiston | 09:58 / 06.12.2023
3857
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosida harakat tarkibi texnik nosozlik tufayli to‘xtab qoldi

Nosozlik kuzatilgan harakat tarkibidagi yo‘lovchilar bekat platformasiga tushirilgan va u soat 09:02 da tekshiruv yo‘lagi tomon yuborilgan.

Foto: Kun.uz

Joriy yilning 6 dekabr kuni soat 08:55 lar atrofida Choshtepa bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan 8-sonli harakat tarkibi poyezdda kuzatilgan texnik nosozlik tufayli harakatlana olmagan. 

«Toshkent metropoliteni» xabariga ko‘ra, buning natijasida uning ortidan kelayotgan 14-sonli harakat tarkibi bekat band bo‘lganligi sababli, bekat kirish svetofori oldida 5 daqiqa vaqt mobaynida to‘xtab turgan.

Nosozlik kuzatilgan harakat tarkibidagi yo‘lovchilar bekat platformasiga tushirilgan va bu harakat tarkibi soat 09:02 da tekshiruv yo‘lagi tomon yuborilgan.

Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid