Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
8 dekabr kuni aksariyat hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9 dekabr yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik faqat markaziy va sharqiy hududlarda saqlanib turadi. 10 dekabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Keyingi hafta birinchi yarmida sovuq barcha hududlarni qamrab oladi.
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat +8...+13 daraja, shimolda +0...+5 daraja bo‘ladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertaga, 8 dekabr kuni respublikaning aksariyat hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +0...+5 darajagacha, kunduzi +5...+10 darajagacha, shimolda kechasi -2...-7 darajagacha, kunduzi -0...-2 darajagacha pasayadi.
9 dekabr, shanba kuni yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik faqat O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida saqlanib turadi.
8-9 dekabr kunlari tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik - asosan qor shaklida bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.
8-9 dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda
10 dekabr - yakshanba kuni respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Havo harorati shanba kuni kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja, yakshanba kuni kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja atrofida bo‘ladi.
Respublika shimolida dam olish kunlari kechasi -5...-10 darajagacha, kunduzi -0...-5 darajagacha bo‘ladi
Keyingi haftaning birinchi yarmida sovuq respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Havo harorati kechalari -8...-13 darajagacha, kunduz kunlari -3...-8 darajagacha pasayadi. Respublika shimolida harorat kechalari -15...-20 darajagacha, kunduz kunlari -7...-12 darajagacha pasayadi.
Poytaxtda 7 va 10 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 dekabrda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, 9 dekabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin). Harorat 7 dekabrda +9...+11 daraja, 8-10 dekabrda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +4...+9 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:36 / 29.06.2026
Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
12:27 / 26.06.2026
Hafta oxirida o‘zgaruvchan havo kuzatiladi
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
11:37 / 22.06.2026