Jahon | 16:16 / 14.12.2023
14576
5 daqiqa o‘qiladi

Kiyevga zarbalar yo‘llandi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 658-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volodimir Zelenskiy Osloda Norvegiya, Finlandiya, Shvetsiya, Daniya va Islandiya bosh vazirlari bilan uchrashdi. Norvegiya va Daniya Ukrainaga qo‘shimcha yordam ajratilishi haqida e’lon qildi. Kopenhagen bir milliard yevro atrofida yordam beradi, bu paket doirasida tanklar, o‘q-dori, dronlar va boshqa qurilmalar yetkazib beriladi. Oslo Kiyevga 800 million dollar miqdorida qo‘shimcha moliyaviy va gumanitar yordam ko‘rsatadi.
  • «Kiyevstar» operatori ikki kun davom etgan keng ko‘lamli uzilishdan keyin faoliyatini tiklay boshladi. Hozircha abonentlar faqat ovozli aloqadan foydalanishi mumkin. Rossiyaning «Solnsepek» hakerlar hujumi ushbu kiberhujum uchun javobgarlikni zimmasiga olgan.
  • Rossiya qo‘shini Kiyevni o‘qqa tutdi. Ukrain harbiylariga ko‘ra, barcha raketalar urib tushirilgan, ammo parchalar yerga qulashi oqibatida 53 kishi, jumladan olti nafar bola jarohat olgan.
  • Hukumat urush boshlanganidan buyon ishlamay turgan Krasnodar aeroportini ochishga qarorq ildi. Bundan avval esa Vnukovodan «sinov parvozi» amalga oshirildi. Shot telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, bu reys «Azimut» aviakompaniyasi samolyotida bajarilgan.
  • Rosaviatsiya RF samolyotlari buzilib qolishi kamaygani haqida ma’lum qildi. OAV esa sanksiyalar fonida buzilishlar soni ortgani haqida xabar bergan.

Kun voqeasi. Kiyev va Odessa o‘qqa tutilishi

13 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kiyev bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi. Ukraina qurolli kuchlari havo qo‘shinlari Ukraina poytaxti tomon uchib kelgan to‘qqizta raketaning barchasi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qilgan. Kiyev oblasti harbiy ma’muriyati soat 6:00 holatiga raketa parchalari tushishi oqibatida 53 kishi jarohat olgani, ularning olti nafari bolalar ekanini xabar qildi. 

Kiyevning Goloseyevskiy rayonida parchalar tushishi oqibatida xususiy uyda yong‘in ro‘y bergan. Desnyanskiyda to‘qqiz qavatli uyning yettinchi qavati yonib ketgan. Uy aholisi evakuatsiya qilingan. Dnipro rayonida portlash to‘lqini ikkita uyning derazalarini to‘kib tashlagan (eng ko‘p jabrlanuvchilar aynan shu yerda ro‘yxatga olingan). Raketa parchalari to‘rtta xususiy uylar hududiga va yo‘l qismiga qulagan.

Rossiya harbiylari Odessa oblasti bo‘ylab kamikadze dronlar uchirgan. Havo hujumidan mudofaa kuchlari to‘qqizta dronning barchasini urib tushirgani aytilgan. Dronlardan biri Odessa Odessadagi shahar avtoulovlarni ta’mirlash zavodi hududi tushgan. Bu yerda yong‘in ro‘y bergan. Ikki kishi kuyish jarohatlari olgan. Angar vayron bo‘lgan, 11 avtomobil shikastlangan, yana uchtasi yonib ketgan. Odessa rayonida port yaqinidagi infratuzilmalar qisman vayron bo‘lgan. Jarohat olganlar yo‘q.

Kiyev o‘qqa tutilishi oqibatida jabrlangan kishini olib ketayotgan qutqaruvchilar
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev bo‘ylab zarba oqibatlari
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevda zarbaga uchragan bolalar bog‘chasi binosi 
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevda shikastlangan derazalarni ta’mirlayotgan kishilar
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Odessa bo‘ylab zarba oqibatlari
Serhii Smoliensev / Reuters / Scanpix / LETA

Zaporijjyada maskirovka to‘rlari to‘qiyotgan ko‘ngillilar 

Ko‘ngilli Valentina Tishkevich Zaporijjyadagi «Polyanitsa» («Palyanitsya») ko‘ngillilar markazida ukrain harbiylari uchun qishki maskirovka to‘rlari tayyorlamoqda
Ukrinform / Shutterstock / Vida Press
Ukrinform / Shutterstock / Vida Press
Ukrinform / Shutterstock / Vida Press
Ukrinform / Shutterstock / Vida Press

 Krasnoyarskda shartnoma asosidagi armiya reklamasi

Krasnoyarsk shartnoma asosidagi harbiy xizmat reklamasi aks etgan stend. Plakatda shunday shior bor: «Haqiqiy erkaklar ishi»
Alexander Manzyuk / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid