O‘zbekiston va YeI 2024 yilga mo‘ljallangan o‘zaro rejalarni kelishib oldi
O‘zbekiston TIV rahbari va YeI elchisi 2024 yil uchun yanada sezilarli natijalarga erishish, ayniqsa, ishbilarmon doiralar o‘rtasida faol aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha maqsadlarni belgilab oldi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlotta Adrian bilan uchrashdi.
«Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian xonimni qabul qildik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Ma’lum qilinishicha, ko‘plab sohalarda kengayib borayotgan o‘zaro hamkorlik kun tartibiga e’tibor qaratilgan.
Bundan tashqari, 2024 yil uchun yanada sezilarli natijalarga erishish, ayniqsa, ishbilarmon doiralar o‘rtasida faol aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha maqsadlar belgilab olingan.
Mavzuga oid
14:50 / 17.09.2024
YeIda boshpana so‘rash bo‘yicha yangi arizalar soni biroz kamaydi
09:10 / 17.09.2024
FT: YeI Kiyevga 40 mlrd yevrogacha mablag‘ ajratishi mumkin
10:45 / 14.09.2024
Reuters: YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda
09:52 / 14.09.2024