Jahon | 16:19 / 25.12.2023
18228
5 daqiqa o‘qiladi

Kreml yaqinidagi aksiya va front chizig‘ida bayram. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 669-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov harbiylar faqat urush yakunlanganidan keyingina demobilizatsiya qilinishi mumkinligini ma’lum qildi.
  • Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning hisoblashicha, Vladimir Putin urushni «to‘liq g‘alaba»ga qadar olib borishni maqsad qilgan.
  • Rossiya qo‘shini Ukrainaning Mikolayiv, Kirovograd, Zaporijjya, Dnipropetrovsk va Xmelnitskaya oblastlariga dronlar orqali hujum uyushtirdi. Ukraina QK havo kuchlari qo‘mondonligi 15 drondan 14 tasi urib tushirilganini ma’lum qilgan.
  • Xersonda tungi zarbalar oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Safarbar qilinganlarning rafiqalari Kreml oldida aksiya o‘tkazdi

24 dekabr kuni Kreml yaqinida safarbar qilinganlarning rafiqalari aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Euronews ma’lumotiga ko‘ra, unda 12 nafar rossiyalik ayol qatnashgan — ularning barchasi oq sharf o‘ragan. Ular Aleksandrovskiy bog‘idagi Noma’lum askar yodgorligiga guldastalar qo‘yishgan. «Kimdir [oramizda] barchasi yakunlanishini, kimdir g‘alabamizni xohlaydi. Ammo eng asosiysi — barcha yigitlarning uyga qaytishini istaydi», — degan aksiya ishtirokchilaridan biri Polina jurnalistlarga.

Noyabr oyi oxirida «Put domoy» telegram-kanalida safarbar qilinganlarning turmush o‘rtoqlari muddatsiz safarbarlikka qarshi manifest va petitsiyalarni e’lon qilishgandi. Keyinroq ular fleshmob o‘tkazib, avtomobillariga «Vernite muja. Ya Za#balas» yozuvli stikerlarni yopishtirib olishgandi. 18 dekabr kuni safarbar qilinganlarning qarindoshlari kanal orqali Vladimir Putinga murojaat yo‘llashgandi: «Bizni tinch yashashga qo‘ying. Yoki frontga o‘zingiz boring va o‘zingiz o‘ling». 19 dekabr kuni ular oldingi chiziqdagi yaqinlariga FXX (FSB) xodimlari borib so‘roq va tahdid qilayotgani haqida xabar berishdi.

Rossiya mudofaa vazirligi 20 dekabr kuni safarbar qilinganlarning xizmat muddati bir yil bilan cheklanmasligini hamda chaqirilgan harbiy xizmatchilar urush oxirigacha xizmatda qolishini ma’lum qildi. Vazirlik bayonotida aytilishicha, safarbar etilganlarning harbiy xizmat muddati Vladimir Putin safarbarlik yakunlangani to‘g‘risidagi farmonini imzolaganidagina yakunlanadi. Vazirlik boshqa variantlarni «maqsadga muvofiq emas» deb atagan.

Safarbar etilgan rossiyaliklarning yaqinlari Kreml oldidagi aksiyada. «Vernite muja. Ya Za#balas» — bu noyabr oyi oxirida «Put domoy» telegram-kanalida paydo bo‘lgan shior
Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA
Politsiyachilar aksiya ishtirokchilarining hujjatlarini tekshirishmoqda. Qo‘lga olinganlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q
Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA
Aksiya ishtirokchilari Mangu olov oldida
Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainalik harbiy xizmatchi va uning rafiqasi front yaqinidagi Kramatorsk shahri vokzalida 

Ukrainalik jangchi Vyacheslav Rojdestvo munosabati bilan o‘zini ko‘rishga kelgan turmush o‘rtog‘i Viktoriya bilan ko‘rishmoqda. Bu yilda Ukraina ilk bor ushbu bayramnini 7 yanvarda emas, 25 dekabrda nishonlamoqda
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk oblastida ukrainlarning qo‘lbola baravar o‘t ochish reaktiv tizimi 

Ukraina QK 127-alohida hududiy mudofaa brigadasining 228-alohida batalyoni jangchisi Donetsk atrofidagi oldingi chiziqda raketalarni qo‘lbola baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan otish uchun tayyorlamoqda.
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainalik jangchilar kuzoviga qo‘lbola baravar o‘t ochish reaktiv tizimi mahkamlangan pikapda ketishmoqda. Ukrain harbiylari xuddi rossiyaliklar kabi pikaplar va o‘lja qilib olingan raketa qurilmalaridan qo‘lbola baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari tayyorlashmoqda
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
Baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘t ochilishi
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA

Oldingi chiziqda Rojdestvo ibodati

 

Ukraina QK 14-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi askarlari Xarkiv oblasti Kupyansk shahri yaqinidagi front chizig‘ida rojdestvo ibodati chog‘ida
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA

 

Mavzuga oid