Jahon | 09:16 / 04.01.2024
3237
1 daqiqa o‘qiladi

Latviyada rossiyalik josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi

Latviya Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, erkak «Latviyadagi muhim infratuzilma va harbiy obektlar haqida ma’lumot to‘plagan va Rossiya razvedkasi va xavfsizlik xizmatlariga uzatgan».

Foto: Viktor Lisitsyn / Global Look Press

Latviya Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) Rossiya maxsus xizmatlariga josuslik qilganlikda gumonlangan Rossiya fuqarosini mamlakatda qo‘lga oldi. Bu haqda Latviya Davlat xavfsizlik xizmati 3 yanvar, chorshanba kuni o‘z saytida xabar berib, ushlash 2023 yil 20 dekabrda amalga oshirilganini ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, rossiyalikka nisbatan jinoiy ish 18 dekabr kuni ochilgan. 

Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, erkak «Rossiya razvedkasi va xavfsizlik xizmatlariga Latviyadagi muhim infratuzilma va harbiy obektlar to‘g‘risida ma’lumot to‘plagan va uzatgan», shuningdek, «Rossiya razvedka va xavfsizlik xizmatlariga Latviya davlatiga qarshi qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlashda boshqa turdagi yordam ko‘rsatgan».

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxsdan ko‘p miqdorda ma’lumot saqlash vositalari va hujjatlar olib qo‘yilgan. Gumonlanuvchining ismi oshkor etilmagan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid