O‘zbekiston | 11:01 / 06.01.2024
70341
3 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» 8-10 yanvar kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 yanvarda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja; 9-10 yanvarda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +9...+14 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 yanvarda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja; 9 yanvarda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +13...+18 daraja; 10 yanvarda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 9-10 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 yanvarda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja; 9 yanvarda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja; 10 yanvarda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 yanvarda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 daraja; 9 yanvarda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +14...+19 daraja; 10 yanvarda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +14...+19 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 9-10 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi 8 yanvarda +7...+12 daraja, 9-10 yanvarda +9...+14 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 9-10 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 8-9 yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlari tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat 8 yanvarda kechasi -4...+1 daraja, kunduzi +0...+5 daraja, 9-10 yanvarda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +4...+9 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid