O‘zbekiston | 20:30 / 06.01.2024
17229
1 daqiqa o‘qiladi

2023 yilda turmushga chiqqan o‘zbekistonliklarning 30 foizi erining familiyasiga o‘tdi

2023 yilda O‘zbekistonda 4400 dan ortiq erkak 20 yoshga to‘lmay turib ota bo‘lgan. 74 nafar erkak esa 70 yoshdan keyin farzandli bo‘lgan.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston FHDYo organlari 2023 yilda 283 788 ta nikohni qayd etdi. Bunda, 85 279 nafar ayol (30 foiz) erining familiyasiga o‘tgan. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, 2023 yil davomida 4 418 nafar erkak 20 yoshga to‘lmasidan farzandli bo‘lgan.

Shuningdek, 4 814 nafar erkak 50 yoshdan keyin, 834 nafar erkak 60 yoshdan keyin, 74 nafar erkak esa 70 yoshdan keyin farzandli bo‘lgan.

Avvalroq Soliha va Muhammadali ismlari 2023 yilda ham eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ro‘yxatida peshqadam bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid