Jahon | 23:43 / 15.01.2024
6657
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Mudofaa vaziri Ostin shifoxonadan chiqdi

U ikki hafta davolandi. Oq uy uning shifoxonaga yotqizilgani haqida faqat to‘rtinchi kuni bilgan edi. 

Foto: Cliff Owen/AP

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin shifoxonadan chiqdi, deb xabar berdi CNN. 

«Men sog‘aydim va vazifalarimni uyda bajaryapman. To‘liq tiklanib olgach, imkon qadar tezroq Pentagonga qaytishni kutyapman», dedi Ostin. 

Pentagonning ta’kidlashicha, Ostin xavfsiz aloqa kanallaridan to‘liq foydalanish imkoniyatiga ega. 

70 yoshli Lloyd Ostin 1 yanvar kuni qorin, son va oyog‘ida kuchli og‘riqlar bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. Keyinchalik unga prostata saratoni tashxisi qo‘yildi - shifokorlar bu erta bosqichda ekanini ma’lum qilishdi va muvaffaqiyatli davolanish imkoniyatiga ishonch bildirishdi. 

Ostinning shifoxonaga yotqizilgani haqida ommaga faqat 5 yanvar kuni xabar berildi. Bundan tashqari, keyinroq ma’lum bo‘lishicha, 4 yanvargacha hatto Oq uy ham Ostinning shifoxonada ekanini bilmagan. Bu AQSh siyosatchilari orasida mojaro keltirib chiqardi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid