Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Ukraina bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishuv tuzadi
Fransiya Ukraina bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama bitim tuzadi, dedi mamlakat prezidenti Emmanuel Makron. London avvalroq Kiyev bilan shunday kelishuv imzolagan edi. Makron, shuningdek, Ukrainaga yangi qurol yetkazib berishni va’da qildi.
Parij Kiyev bilan Ukrainaga yangi hujum sodir etilgan taqdirda unga yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi ikki tomonlama bitim tuzadi. Bu haqda 16 yanvar, seshanba kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi. Unga ko‘ra, fevral oyida Ukrainaga ushbu kelishuv tafsilotlarini yakunlash uchun keladi. Shu bilan birga, Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov payshanba kuni Parijga tashrif buyuradi, deb xabar qildi Fransiya harbiy idorasi.
Makron shuningdek, Kiyevga yangi qurol-yarog‘ yetkazib berilishini ham e’lon qildi. Fransiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yaqin haftalarda Ukrainaga 40 ta uzoq masofali SCALP raketasi va bir necha yuzta bomba jo‘natiladi.
«Biz ko‘proq harbiy yordam beramiz va Ukrainaga osmonini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan yordamni taqdim etamiz», dedi Emmanuel Makron matbuot anjumanida.
Rossiya Federatsiyasining keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan beri Fransiya Ukrainaga 1,7 milliard yevro miqdorida yordam ko‘rsatdi.
London Kiyev bilan xavfsizlik shartnomasini imzolagan
Ukraina bilan ikki tomonlama xavfsizlik shartnomasini imzolagan birinchi davlat Britaniya bo‘ldi. Bu 12 yanvar kuni Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning Kiyevga tashrifi chog‘ida amalga oshirildi. Bitim Ukraina NATOga kirgunga qadar kuchda qoladi.
Sunak shuningdek, Britaniya 2024 yilda Ukrainaga harbiy yordamni 2,9 milliard yevrogacha oshirishini ma’lum qildi. Bu paket, Britaniya hukumati rahbari so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa uskunalari, tankka qarshi tizimlar, uzoq masofali raketalar va minglab snaryadlarni o‘z ichiga oladi.
16 yanvar kuni Germaniya ham 2024 yilda Ukrainaga harbiy yordamni sezilarli darajada oshirishi ma’lum bo‘ldi - rejalashtirilgan 4 milliard yevrodan 7 milliarddan ko‘proqqa. Kongressdagi respublikachilar Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun yangi mablag‘ ajratilishiga to‘sqinlik qilishda davom etayotgan AQShdagi ichki siyosiy inqiroz fonida Yevropa davlatlari Kiyevga yordamni ko‘paytirmoqda.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
20:55 / 23.06.2026
Ukraina Qrimni materik bilan bog‘lovchi ko‘priklardan birini vayron qildi
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
16:13 / 22.06.2026