Fan-texnika | 00:30 / 18.01.2024
71485
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S24 Plus smartfonini taqdim etdi

U Snapdragon protsessori va 12 Gb tezkor xotiraga ega bo‘ldi.

Foto: Samsung

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Galaxy Unpacked taqdimotini o‘tkazdi, unda yangi flagman liniyasidan Galaxy S24 Plus smartfoni taqdim etildi.

Qurilma 6,7 dyuymli, 1440x3088 pikselli, 120 Gs chastotali, HDR10+ qo‘llab-quvvatlovchi va 2600 nit yorqinlikdagi AMOLED ekranga ega. Uning yuqori yarmida 12 MP old kamera uchun «o» shaklidagi kesma mavjud.

Smartfon to‘rt nanometrli texnologiyadan foydalangan holda ishlab chiqarilgan Snapdragon 8 Gen3 protsessori bilan jihozlangan. Uning maksimal tezligi soatiga 3,3 gigagersgacha. Chipsetdagi grafikalar maksimal chastotasi 1 gigagersli Adreno 750 tezlatgichidan quvvatlanadi. Barcha versiyalarda operativ xotira 12 Gb, doimiy xotira esa 256 Gb dan 512 Gb gacha bo‘lishi mumkin.

Modelda uchta asosiy kamera mavjud: asosiy modul 50 MP, 3x optik zum telefoto linzalari 10 MP, ultra keng burchakli modul esa 12 MP.

Galaxy S24 Plus 4900 mA•s quvvatli akkumulyator bilan jihozlangan. 45 Vt simli zaryadlash, 15 Vt simsiz zaryadlash va 4,5 Vt teskari zaryadlash rejimi mavjud. Qurilma IP68 standartiga muvofiq namlik va changdan himoyalangan.

Qurilmaga 1149 dollar narxda (≈14,2 mln so‘m) oldindan buyurtma berish mumkin. Smartfon qora, binafsha, sariq va kulrang versiyalarda chiqariladi.

Mavzuga oid