20 dan ortiq davlat Ukraina uchun artilleriya koalitsiyasini tuzdi
Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar Kiyev uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirish niyatida. Fransiya Ukrainaga yana 12 ta Caesar gaubitsasini va’da qildi.
Germaniya, Fransiya va yana 20 dan ortiq davlat 18 yanvar, payshanba kuni Ukrainaga Rossiya agressiyasini qaytarishga yordam berish uchun Parijda artilleriya koalitsiyasini tuzdi. «Zamonaviy artilleriyaga alternativa yo‘q, biz o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga harakat qilishda davom etishimiz kerak», dedi Fransiya poytaxtida video-aloqa orqali konferensiya ishtirokchilariga qo‘shilgan Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov.
Qo‘shma Shtatlar va Fransiya boshchiligidagi artilleriya koalitsiyasi Germaniyadagi Amerika havo kuchlari bazasi nomi bilan atalgan «Ramshtayn» aloqa guruhining bir qismidir, u yerda 2022 yil aprel oyida 50 davlat vakillari Ukrainaga Rossiyaga qarshi urushda yordamni tashkil qilish uchun uchrashgan.
Fransiya Ukraina uchun yana 12 ta Caesar gaubitsasini moliyalashtirishga tayyorligini ma’lum qildi. Parij hukumati buning uchun 50 million yevro ajratadi, dedi Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu. Hozirda Ukrainada 49 ta shunday gaubitsa qo‘llanmoqda, yana oltitasiga buyurtma berilgan. Fransiya 250 million dollar evaziga yana 60 ga yaqin gaubitsa ishlab chiqarishga qodir - bu «ittifoqchilarning turli budjetlariga juda mos keladi», dedi Lekornyu.
Fransiya va Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuv
16 yanvar kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukraina bilan yangi qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma tuzish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Fevral oyida u ushbu hujjatni Kiyevda taqdim etishni rejalashtirmoqda. Makron, shuningdek, Ukrainaga yana 40 ta SCALP raketalari va yuzlab snaryadlarni va’da qildi.
Fransiya so‘nggi vaqtda Kiyevga qurol yetkazib berishni kamaytirgani uchun tanqid ostida qolgan. Kildagi jahon iqtisodiyoti instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya Ukrainaga 1,7 milliard yevrolik qurol yetkazib bergan va shu tariqa Kiyevning qurol homiylari orasida 12-o‘rinni egallagan. Germaniya deyarli 21 milliard yevro yetkazib berdi va AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Mavzuga oid
15:06
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi - Reuters
14:22
Parij: Ukraina Rossiya hududiga SCALP raketalari bilan zarba yo‘llashi mumkin
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
22:08 / 23.11.2024