Elektrotexnika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar belgilandi
Prezidentning «Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2024–2025 yillar uchun elektrotexnika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi, jumladan:
- mis xomashyosini qayta ishlash quvvatini 2024 yilda 140 ming tonnaga va 2025 yilda 160 ming tonnagacha yetkazish;
- ishlab chiqarish hajmini 2024 yilda 30,8 trillion so‘mgacha va 2025 yilda 38 trillion so‘mgacha oshirish;
- mahsulotlar eksporti hajmini 2024 yilda 1,5 milliard AQSh dollari va 2025 yilda 2 milliard AQSh dollari miqdorida ta’minlash.
Elektrotexnika sanoatida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishga tushirishning yig‘ma parametrlari tasdiqlandi.
Elektrotexnika sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024–2026 yillarda tijorat banklariga ularning buyurtmasiga asosan 10 yil muddatga, yillik 5% stavkada uch yillik imtiyozli davr bilan 100 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi.
Mavzuga oid
14:00 / 05.09.2024
Avtomobil akkumulyatori chiqindisini utilizatsiya qilish tizimi joriy etilishi mumkin
13:56 / 05.09.2024
O‘zbekistonda bu yil sim karta, to‘lov kartasi va litiy batareyasini ishlab chiqarish boshlanadi
13:52 / 05.09.2024
Prezident O‘zbekistonni mintaqaviy elektrotexnika habiga aylantirish kerakligini ta’kidladi
13:50 / 05.09.2024