Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan axborot tizimini yaratmoqchi
Tel-Aviv shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan axborot tizimini yaratish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Foto: iStock
O‘zbekiston diplomatlari Isroilning Geomage kompaniyasi ta’sischisi va GeoCloud.AI loyihasi bosh boshqaruvchisi Emil Guberman bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot chog‘ida neft va gaz sohasida tadqiqotlar o‘tkazish, jabhaga yangi texnologiyalar, zamonaviy xizmatlar va dasturiy ta’minotlarni jalb qilish yo‘nalishida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Emil Guberman O‘zbekistonda yillar davomida yig‘ilgan turli geologik va geofizik ma’lumotlarni hamda vizual materiallarni sun’iy intellekt asosida raqamlashtirilgan GeoCloud.AI konlar axborot tizimini yaratish bo‘yicha loyihasini amalga oshirish taklifini bildirdi.
- GeoCloud.AI dasturining afzalliklari O‘zbekistondagi barcha konlar bo‘yicha ma’lumotlarni izlash, talqin qilishni hamda eng samarali yechimlarni taklif qilishdan iborat, - dedi u.
Uchrashuv yakunida GeoCloud.AI kompaniyasi dasturining pilot loyihasini O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda «O‘zbekneftgaz» vakillari bilan muhokama qilish va amalga oshirish haqida kelishib olindi.
Mavzuga oid
21:40 / 14.12.2025
Isroil razvedkasi Avstraliyani teraktlar sodir bo‘lishi haqida ogohlantirgan – OAV
17:48 / 09.12.2025
Isroil politsiyasi BMT tashkilotining Sharqiy Quddusdagi binosiga bostirib kirdi
07:35 / 06.12.2025
Raketa o‘rniga nur: Isroil dunyodagi birinchi jangovar lazerni joylashtirish arafasida
13:42 / 05.12.2025