Ukraina Kassatsiya ma’muriy sudi ma’lumotiga köra, Mindiçning da’vo arizasi iş yurituviga qabul qilingan. Işni körib çiquvçi sud hay’ati 14 may kuni şakllantirilgan.

Da’voda javobgar sifatida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi hamda Iqtisodiyot, atrof-muhit va qişloq xöjaligi vazirligi körsatilgan.

Timur Mindiç “Ukrainskaya pravda” naşriga bergan intervyusida özini aybsiz deb hisoblaşini aytgan. “Meni qilmagan işlarimda ayblaşmoqda”, — degan u.

Timur Mindiç Ukrainadagi “Energoatom” davlat energetika kompaniyasi atrofidagi yirik korrupsiya mojarosining asosiy figurantlaridan biri hisoblanadi.

Ukraina Milliy antikorrupsiya byurosi va Ixtisoslaştirilgan antikorrupsiya prokuraturasi 2025 yil noyabr oyida “Energoatom” atrofidagi korrupsion sxemani foş qilganini ma’lum qilgan. Tergov versiyasiga köra, kompaniya kontragentlaridan şartnoma summasining 10–15 foizi miqdorida pora talab qilingan.

Mazkur iş doirasida bir qator amaldorlar va Timur Mindiç tilga olingan. Tergov ma’lumotlariga köra, biznesmen energetika sohasidagi amaldorlarga ta’sir ötkazgan bölişi mumkin.

Antikorrupsiya organlari Mindiç va öşa vaqtdagi adliya vaziri German Galuşçenko uyida tintuv ötkazgan. Biroq biznesmen tintuvdan bir neça soat oldin Ukrainadan çiqib ketgani aytilmoqda.

Korrupsiya mojarosidan keyin Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi Isroil fuqarosi bölgan Timur Mindiç va tadbirkor Aleksandr Tsukermanga qarşi sanksiyalar joriy qilişga qaror qilgan. Zelenskiy 13 noyabr kuni bu qarorni farmon bilan kuçga kiritgan.

Sanksiyalar doirasida Mindiç davlat mukofotlaridan mahrum qilingan, uning aktivlari muzlatilgan. Şuningdek, unga savdo operatsiyalarini amalga oşiriş, kapitalni xorijga olib çiqiş, xususiylaştirişda iştirok etiş, Ukraina radioçastotalaridan foydalaniş, davlat va mudofaa xaridlarida qatnaşiş hamda yer uçastkalari sotib oliş taqiqlangan.