Jahon | 00:30 / 27.01.2024
6319
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

75 yoshli monarx o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III prostata bezi kattalashgani tashxisi qo‘yilganidan so‘ng operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Nashrning yozishicha, operatsiyadan keyin 75 yoshli monarx o‘zini yaxshi his qilmoqda. Bir kun avval qirolicha Kamilla operatsiya o‘tkazilayotgan xususiy shifoxonadan chiqib, jurnalistlarga qirolning ahvoli yaxshi ekanini aytgan edi.

17 yanvar kuni Bukinghem saroyi Charlz III prostata bezi kattalashgani tufayli davolanish uchun shifoxonaga yotqizilishini e’lon qildi, bu esa uning ommaviy tadbirlari qoldirilishiga sabab bo‘ldi. Saroy rasmiylari, shuningdek, u qirollik vazifalaridan vaqtincha voz kechishini aytishdi.

Prostata bezining kattalashishi 50 yoshdan oshgan erkaklarda keng tarqalgan. Odatda bu jiddiy emas va bemorda prostata saratoni rivojlanish xavfi yuqori ekanini anglatmaydi.

Mavzuga oid