Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunosti hujjatlardagi majburiy to‘lovlar va yig‘imlar yagona qonunga birlashtiriladi
O‘zbekistonda 2024 yil 1 maydan boshlab fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun majburiy to‘lovlar va yig‘imlarni faqatgina qonunda belgilash amaliyoti kiritilishi kutilmoqda. Bu – 2024 yilgi davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
Loyihaga ko‘ra, 2024 yil dekabrga qadar qonunosti hujjatlari bilan joriy etilgan majburiy to‘lovlar va yig‘imlar ro‘yxatini shakllantirish va ularni yagona qonun hujjati darajasida belgilash choralari ko‘riladi.
Bundan tashqari, 2024 yil 1 iyuldan boshlab, nufuzli xalqaro brendlar bilan ishlab chiqarishni boshlayotgan korxonalarga:
- xalqaro standartlar, ekologiya va sertifikatlash xarajatlari Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi huzuridagi Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi;
- nufuzli brendlar ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun, mamlakatda qo‘shilgan qiymat ulushini kamida 60 foizga yetkazish sharti bilan, zarur bo‘lgan barcha xomashyolar bojxona bojidan ozod etiladi;
- yirik brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislardan O‘zbekistonda ishlaganlik uchun to‘lovlar undirilishi bekor qilinadi.
1 maydan e’tiboran, tadbirkorlik sub’yektlari uchun aylanma mablag‘larini shakllantirishda qo‘shimcha qulayliklar va moliyaviy yengilliklar yaratish maqsadida eksport amaliyoti bo‘yicha akkreditivni garovga olish orqali qo‘shimcha kredit va lizing berish tartibini yo‘lga qo‘yish reja qilingan.
Mavzuga oid
09:38 / 20.05.2026
O‘ta yirik soliq to‘lovchilar uchun yangi mezonlar belgilandi
15:45 / 19.02.2026
O‘zbekistonda avtobanlar tashkil etish vazifasi davlat dasturiga kiritildi
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
17:47 / 16.02.2026