Fevral oyi nisbatan sovuq kunlar bilan boshlanishi kutilmoqda
O‘zbekistonda bu yil fevral oyi odatdagidan iliqroq o‘tadi, biroq oy boshi nisbatan sovuq bo‘ladi. Ikkinchi besh kunlikda harorat kechasi 0…+5, kunduzi +8…+13 daraja, keyinchalik oy oxirigacha kechasi –12…+7, kunduzi 0…+18 daraja atrofida bo‘ladi. Yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda fevral oyi yanvar oyi va odatdagidan nisbatan 2–2,5 darajaga, tog‘larda 1–1,5 darajaga iliqroq bo‘ladi. «O‘zgidromet» matbuot xizmati fevral oyida qanday ob-havo bo‘lishi kutilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
O‘rtacha oylik havo harorati me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda me’yordan 1–1,5 darajaga yuqori bo‘lib, +2…+4 darajani, shimolda –2…+1 darajani, janubda +6…+8 darajani tashkil etadi.
Fevralning boshi nisbatan sovuq bo‘ladi. Birinchi besh kunlikda havo harorati asosan kechalari 0…–5 daraja, kunduz kunlari –2…–7 daraja, ba’zi joylarda 0…–2 darajagacha bo‘ladi. 1 fevral va 4 fevral kunlari respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 3 fevralda janubiy viloyatlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi.
Ikkinchi besh kunlikda harorat kechalari 0…+5 darajagacha, kunduz kunlari +8…+13 darajagacha ko‘tariladi. 7–8 fevral kunlari asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechasi +2…+7 darajadan –2…–7 darajagacha, kunduz kunlari +13…+18 darajadan +2…+7 darajagacha, shimolda kechalari 0…+5 darajadan –7…–12 darajagacha, kunduz kunlari +11…+16 darajadan 0…+5 darajagacha o‘zgarib turadi.
Fevral oyida yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda fevral oyi odatda qanday o‘tadi?
Fevral oyida ko‘pincha bahoriy iliq ob-havo davrlari kuzatiladi. Umuman olganda, 2004, 2016 va 2021 yillarning fevral oylari eng issiq bo‘lib, bunda o‘rtacha oylik harorat iqlimiy me’yordan 3–6 darajaga ko‘p bo‘lgan. Ayrim davrlarda havo harorati +22…+27 darajagacha, janubda +28…+30 darajagacha ko‘tarilgan.
Xususan, respublika hududining katta qismida 2016 yil fevral oyida O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng yuqori maksimal harorat bo‘lgan. 2021 yil fevral oyida bunday iliq ob-havo birinchi va ikkinchi o‘n yilliklarda saqlanib turgan, oyning oxirgi haftasida esa harorat –10…–15 darajagacha pasaygan.
2008, 2012 va 2014 yillarning fevral oylari eng sovuq bo‘lib, bunda o‘rtacha oylik harorat me’yordan 4–8 darajaga past bo‘lgan. Minimal havo harorati –12…–17 darajagacha, shimolda –24…–29 darajagacha pasaygan. O‘zbekiston hududining katta qismida bu sovuqlar tarixiy kuzatuv qatorlari uchun eng past ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanganda nisbatan kuchsiz bo‘ldi, bunday kuchli sovuqlar so‘nggi yillarda fevral oyida kuzatilmagandi.
Faqat Surxondaryo viloyatida 2014 yil fevral oyida minimal havo harorati −–20…–22 darajagacha pasaygan, bu esa barcha kuzatuv yillari uchun minimal harorat rekordini yangilagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, respublika hududining katta qismida butun kuz-qish davri davomida fevral oyi yog‘ingarchilik eng ko‘p bo‘ladigan oy deb hisoblanadi. Biroq yog‘ingarchilik miqdori hamda harorat tartibi bo‘yicha fevral oyi juda turlicha bo‘lishi mumkin.
Misol uchun, 2016 yil fevral oyi eng quruq (anomal quruq) bo‘lgan. Barcha hududlar bo‘yicha yog‘ingarchilik oylik me’yordan 20 foizga kam bo‘lgan. Hududning katta qismida 2010 yil fevral oyida yog‘ingarchilik eng ko‘p bo‘lib, bunda oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yorga nisbatan 200 foizdan 300 foizgacha bo‘lgan.
Tekislik hududlarida fevral oyida yog‘ingarchilik asosan aralash (yomg‘ir, qor) ko‘rinishda bo‘ladi, ammo qor qoplami kamroq shakllanadi. Qor qoplami bilan kuzatilgan eng uzun davr 2008 yil fevral oyida kuzatilgan. Qor qoplami kuzatilgan kunlar soni 20–25 kunni, janubiy hududlarda 8–15 kunni tashkil etgan.
Mavzuga oid
17:09 / 24.11.2024
O‘zbekistonda yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
11:11 / 23.11.2024
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
10:24 / 23.11.2024
24 noyabr kuni harorat 20 darajagacha ko‘tariladi
10:51 / 22.11.2024