Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda fuqaro «dom»ga o‘zi uchun alohida lift o‘rnatmoqchi bo‘lyapti
Qurilish vazirligi tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar prokuraturaga yuborilganini bildirdi.
Kun.uz’ga Navoiy shahri Navoiy ko‘chasidagi 30 D uyning 10-qavatidagi xonadon egasi «dom»ning tashqi qismidan uyiga chiqish uchun alohida lift o‘rnatayotgani haqida ma’lumot kelib tushdi.
Suratdan uyning yon tomoniga lift uchun temir konstruksiyalar to‘liq o‘rnatib bo‘linganini ko‘rish mumkin.
Aytishlaricha ko‘p qavatli uyning o‘zi 9 qavatli. Biroq 10-qavatda ham bitta xonadon bor. Lift ana shu xonadon uchun alohida o‘rnatilmoqda. Shu ko‘p qavatli uyda yashovchilarning e’tiroziga qaramasdan liftni qurish ishlari davom ettirilmoqda.
Kun.uz ushbu masalaning uy-joy hamda shaharsozlik normalariga muvofiqligini aniqlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligidan izoh oldi. Vazirlikka ko‘ra, holat yuzasidan dalolatnoma qilinib, hujjatlar prokuraturaga yuborilgan. Dalolatnomaning mazmuni haqida batafsil ma’lumot berilmadi.
Mavzuga oid
22:32 / 11.07.2026
Sergelida ko‘p qavatli turarjoy qurilishi to‘xtatildi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
09:05 / 06.06.2026