Hujjatga köra, quriliş sohasida davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş, aholi va tadbirkorlar uçun xizmatlarni soddalaştiriş hamda byurokratik tösiqlarni qisqartiriş çoralari köriladi.
Jumladan, 2026 yil 1 iyuldan quriliş sohasidagi bir qator davlat xizmatlari “bitta ariza – bir tölov – barça ulaniş nuqtalari” tamoyili asosida körsatiladi. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş uçun texnik şartlarni beriş jarayoni töliq raqamlaştiriladi.
Şuningdek, qurilişga ruxsat beriş va obektlarni foydalanişga qabul qiliş jarayonlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş yölga qöyiladi. Bu orqali taqdim etilgan hujjatlar avtomatik tahlil qilinib, aniqlangan kamçiliklarni inson aralaşuvisiz bartaraf etiş imkoniyati yaratiladi.
Farmon bilan quriliş obektlarini onlayn kuzatiş tizimi ham kengaytiriladi. Yirik quriliş maydonlarida videokuzatuv kameralarini örnatiş majburiy bölib, ulardan olinadigan ma’lumotlar yagona monitoring platformasiga integratsiya qilinadi.
Bundan taşqari, quriliş sohasida şaffoflikni ta’minlaş, nazoratni kuçaytiriş va korrupsiya xavflarini kamaytiriş maqsadida “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimi imkoniyatlari ham kengaytiriladi.
Mutasaddilarning ta’kidlaşiça, mazkur çoralar quriliş sohasida xizmatlar körsatiş sifatini oşiriş, ruxsat beriş jarayonlarini tezlaştiriş va inson omili ta’sirini kamaytirişga xizmat qiladi.

















