O‘zbekiston | 18:33 / 02.02.2024
3385
2 daqiqa o‘qiladi

Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etildi

Markaz hududida eksperiment tariqasida maxsus huquqiy rejim joriy etiladi. 

Foto: Getty Images

«Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi. 

Farmon bilan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (International Digital Technology Center – «ENTERPRISE UZBEKISTAN») tashkil etildi. 

2024 yil 1 iyundan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga Markazda xorijiy kompaniyalar uchun qo‘llaniladigan maxsus huquqiy rejim eksperiment tariqasida joriy qilinadi. 

Shuningdek, Markaz hududida eksperiment tariqasida quyidagi sohalarda maxsus huquqiy rejim joriy etiladi: 

- raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiyalar, xizmatlar va biznes mahsulotlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha «tartibga solish qumdoni»ni joriy etish;

- bojxona va soliqqa tortish;

- mehnat munosabatlari;

- moliya va bank faoliyati;

- shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish;

- davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

- intellektual mulkni himoya qilish;

- tijorat va fuqarolik nizolarini ko‘rib chiqish. 

Bunda Raqamli texnologiyalar vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi. 

Mavzuga oid