2025 yilning 8 iyul kuni Senatning budjet va iqtisodiy masalalar qömitasi raisi örinbosari Qobil Tursunov Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov nomiga IMEI kodlarni röyxatdan ötkazişdagi muammolar yuzasidan senator sörovi yuborgandi. Unda IMEI2 kodni röyxatdan ötkaziş tartibi, “BIRDA” ilovasi va UzIMEI.uz, my.gov.uz saytlaridagi muammolarni bartaraf etiş, şuningdek, ortiqça talablarni yumşatiş böyiça ma’lumot beriş söralgandi.

Senat matbuot xizmati 12 sentabrda vazirning rasmiy javobini e’lon qildi. Unda UzIMEI tizimining huquqiy asoslari, xalqaro tajribalar va erişilgan natijalar keltirilgan bölsa-da, byurokratik talablarni yumşatiş böyiça qanday çoralar belgilangani oçiqlanmagan.

Vazirlik ma’lumotida Özbekistonga 2019–2024 yillarda mobil qurilmalar importi 6,2 barobarga oşgani, bojxona tölovlari esa 37,5 mlrd sömdan 621,2 mlrd sömga yetgani qayd etilgan. Şu bilan birga, jismoniy şaxslar deklaratsiyasiz olib kirgan qurilmalar uçun tölanadigan qöşimça xarajatlar IMEI-kod röyxatga oliş bilan boğliq emas, balki bojxona tölovlari hisobidan kelib çiqişi ta’kidlangan.

Şuningdek, vazirlik UzIMEI.uz, my.gov.uz saytlari va “BIRDA” ilovasidagi texnik muammolar tezkor bartaraf etilayotganini ma’lum qildi. Keyinçalik IMEI-kodlarni röyxatdan ötkaziş tizimini takomillaştiriş va ortiqça talablarni yumşatiş yuzasidan çoralar körilişi aytilgan, ammo ularning aniq mazmuni yoritilmagan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning iyul oyida Iphone narxlari oşgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar Kun.uz ötkazgan örganişlarda öz tasdiğini topgandi. Bu “kulrang” import sxemalari orqali kirib kelayotgan telefonlarni UzIMEI tizimida röyxatdan ötkaziş xarajatlari oşgani bilan boğliq.